20:22 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prezident RF V. Putin vruchil Gospremii v Kremle

Putin SHHT davlatlariga Gʻalaba yubileyini nishonlashda qatnashishni taklif etdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
548 0 0

Ayni vaqtda Qirgʻiziston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 14 iyun - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin SHHTga aʼzo barcha davlatlarga Gʻalabaning 75 yillik yubiley sanasini nishonlashda ishtirok etishni taklif etdi.

"Biz Rossiyada yigirmanchi asrning ulkan fojiasi boʻlgan ushbu hodisa haqidagi xotira va tarixiy haqiqatni asrab qolishga katta ahamiyat beramiz. Xususan, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi boʻyicha sheriklar bilan keng koʻlamli tantanali tadbirlar dasturlarini rejalashtirmoqdamiz. Va bu yerda ishtirok etayotgan davlatlarga bu ishda qatnashishni taklif qilamiz", - dedi Putin SHHT kengashi majlisi vaqtida.

Rossiya prezidenti bu tadbir ayniqsa yoshlar uchun foydali boʻlishini taʼkidlagan holda, SHHT Yoshlar kengashi ham Gʻalaba yubileyida ishtirok etishiga umid bildirdi.

Putin SHHT majlisida soʻzlagan nutqida, tashkilotga raislik qilish navbati Rossiyaga oʻtishi munosabati bilan, SHHT ishtirokchi-davlatlarini keyingi sammitga taklif etdi.

Tadbir Moskvada 2020 yilda 22-23 iyul kunlari boʻlib oʻtishi xabar qilindi.

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular