20:23 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

SHHT davlat rahbarlari 21 ta hujjatni imzolashdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
582 0 0

SHHT davlat rahbarlari sammit yakuni boʻyicha 14 ta qaror va 7 ta shartnoma imzolashdi.

TOSHKENT, 14 iyun – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat rahbarlari sammit yakuni boʻyicha 21 ta hujjat imzolashdi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

SHHT sammiti ishtirokchilari tsifrofizatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va atrof muhitni himoya qilish sohalari boʻyicha 14 ta qarorga imzo qoʻyishdi.

Yigʻilishdan soʻng SHHT mintaqaviy hamkorlik boʻyicha qator hujjatlar imzolandi. Xususan, OAV, jismoniy tarbiya va sport, turizm, sogʻliqni saqlash sohalarida bitimlar imzolandi.

Bundan tashqari, SHHT davlat rahbarlari “SHHT-Afgʻoniston” Muloqot guruhining kelgusi harakatlari boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladilar.

Qirgʻizistonda oʻtkazilgan sammitda 8 ta davlat prezidentlari ishtirok etdi. SHHTga  Hindiston, Qogʻoziston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston aʼzo. Kuzatuvchi-davlatlar Afgʻoniston, Belarus, Eron va Mongoliya.

Keyingi yil yozda SHHT aʼzo davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti Rossiyada oʻtkaziladi.

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular