12:51 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Mirziyoyev provel vstrechu s glavoy Kыrgыzstana

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda qanday avtomobildan foydalandi - video

Press-slujba prezidenta KR
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
205920

Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Mercedes S-class W222 zirhlangan avtomobildan foydalandi.

TOSHKENT, 14 iyun – Sputnik. Bishkek shahrida oʻtkazilgan SHHT sammitiga 11 ta davlat prezident va bosh vazirlari tashrif buyurdi.

Sputnik Qirgʻiziston yuqori martabali mehmonlar Bishkekda qanday mashinalarda harakatlangani haqida video lavha tayyorladi.

Bishkek shahriga ayrim prezidentlarning shaxsiy avtomobillari olib kelindi. Boshqa yetakchilarga Qirgʻiziston prezident va hukumati ishlar boshqarmasiga tegishli boʻlgan mashinalari taqdim etildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shahar boʻylab Aurus limuzinida harakatlandi. Xitoy yetakchisi Si Tszinpin Hongqi kompaniyasi tomonidan yaratilgan shaxsiy № 501 limuzinida olib yurildi.  

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ham shaxsiy mashinasidan foydalandi: Bishkekka Mercedes-Maybach S600 avtomobili olib kelindi.

2013 yilda SHHTning sentyabr oyida oʻtkazilgan sammiti oldidan Rossiya Qirgʻizistonga yuqori mehmonlarni olib yuborish uchun moʻljallangan zirhlangan atomobillarni begʻaraz tarzda taqdim etdi. Oʻsha vaqt Bishkek shahriga 5 dona BMW 760Li High Security ekstra-klass avtomobillari, 10 dona VIP Ford Transit mikroavtobuslar va bir dona VIP Mi-8 MTV-1 vertolyoti olib kelindi.

BMW 760Li avtomobilidan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Afgʻoniston yetakchisi Ashraf Gʻani va Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov foydalandi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek boʻylab Mercedes S-class W222 zirhlangan avtomobilida harakatlandi. Ushbu turdagi avtomobilda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narenda Modi va Pokiston hukumati rahbari Imran Xan olib yurildi.

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular