11:52 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Bыvshiy federalnыy kantsler FRG Gerxard Shreder.

Shreder Qrimning Rossiyaga qoʻshib olinishini qonunan toʻgʻri, deb hisoblaydi

Sergey Guneyev
Siyosat
Havola olish
1010 0 0

Sobiq kantsler Qrimning Rossiya hududiga qoʻshib olinishi huquqiy nuqtai nazardan mutlaq toʻgʻri amalga oshirilganini aytgan va yarimorol aholisi irodasiga toʻliq mos tushadi, deya qoʻshimcha qilgan. Bu holatni Rossiya tomonidan "tajovuz" sifatida qabul qilish mutlaqo notoʻgʻri, deydi u.

TOSHKENT, 15 iyun – Sputnik. Germaniyaning sobiq kantsleri Gerxard Shreder Qrim Rossiyaga mutlaqo qonuniy tarzda qoʻshib olingani haqida aytdi, deb yozadi Bild nashri.

Shrederga koʻra, "Qrim - azaldan ruslar hududi hisoblangan". Kantsler Xruщev tomonidan yarimorolning Ukraina SSRga topshirilishi - bu sovetlarning mamlakatni boshqarishdagi oʻziga xos xususiyati bilan bogʻliq boʻlganini eslatib oʻtgan.

"Sovet ittifoqi davrida Qrim hududi qayerga qoʻshib qoʻyilishi ahamiyatga ega boʻlmagan. Ammo hozir unday emas", - degan Shreder.

Lavrov Gʻarb nega Qrimni tan olmayotganini tushuntirdi >>>

Sobiq kantsler Qrimning Rossiya hududiga qoʻshib olinishi huquqiy nuqtai nazardan mutlaq toʻgʻri amalga oshirilgani va yarimorol aholisi irodasiga toʻliq mos tushganini qoʻshimcha qilgan. Bu holatni Rossiya tomonidan qilingan "tajovuz" sifatida qabul qilish mutlaqo notoʻgʻri, deb qoʻshimcha qilgan u.

Bundan tashqari, Shreder, Ukrainani Donbassda jangovar harakatlarni olib borishdan toʻxtashga, Minsk kelishuvini amalga oshirishga chaqirgan va Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga qarshiligini bildirgan.

AQSH Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaydi >>>

Eslatib oʻtamiz, Qrim yarimoroli va Sevastopolda referendum Ukrainada yuz bergan davlat toʻntarishidan soʻng, 2014 yilning fevralida oʻtkazilgan. 2014 yil 16 mart kuni boʻlib oʻtgan referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qoʻshilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz bergan edi. Ukraina hanuzga qadar Qrim yarimorolini vaqtincha okkupatsiya qilingan oʻziga qarashli hudud, deb hisoblab keladi. Shuningdek, Qrim yarimoroli aholisi xohishi Gʻarb mamlakatlari tomonidan ham tan olinmadi, ular oʻz noroziligini Rossiyaga va Qrim regioniga sanktsiyalar kiritish orqali namoyish qildilar.

Asosiy mavzular