06:13 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

Isroil OHICHK deklaratsiyasiga qarshi chiqdi

© Press-slujba prezidenta Tadjikistana
Siyosat
Havola olish
858 0 0

Isroil rasman OHICHK deklaratsiyasining 3ta bandiga qarshi ekanligini eʼlon qildi.  

TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Isroil  Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashi yakunida imzolangan deklaratsiyaning uchta paragrafiga qarshi chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga koʻra, Isroil Quddus shahri maqomiga oid boʻlgan OHICHK deklaratsiyasining 17, 18 va 19 paragraflariga qarshi chiqqan. Ushbu paragraflarda musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Quddus shahrining maqomiga taaluqlidir.

Xususan, deklaratsiyaning 17 - bandida OHICHK davlatlari Yaqin Sharqdagi vaziyat va bu borada BMT rezolyutsiyalarining bajarilmayotganidan xavotirda ekanliklari qayd etilgan. Shuningdek, OHICHK davlatlari Quddus shahrining maqomi bir tomonlama oʻzgartirilishiga qarshi ekanliklari qayd etilgan.

Deklaratsiyaning 18 - bandida OHICHK davlatlari Eron yadroviy dasturi boʻyida birgalikda tuzilgan ish rejasini qoʻllab-quvvatlashlari va ushbu shartnomaning boshqa qatnashchilaridan ham oʻz majburiyatlarini bajarish talab qilingan.

19 - bandda Yaqin Sharqda yadroviy va boshqa ommaviy oʻlim qurollaridan xoli hudud tashkil qilish taklif etilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil oxirida AQSH Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan va oʻz elchixonasini ushbu shaharga koʻchirgan edi. Bunga nafaqat Islom davlatlari, balkim dunyoning boshqa mamlakatlari ham qarshi chiqishgan, BMTning taaluqli rezolyutsiyasi qabul qilingan edi.

Asosiy mavzular