19:17 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Abdulaziz Kamilov i Federika Mogerini

Abdulaziz Kamilov Federika Mogerinini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

© MID Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
123 0 0

Abdulaziz Kamilov Mogerinini tugʻilgan kuni bilan tabriklab, Oʻzbekiston va YEI munosabatlari rivojlanishida uning oʻrni muhim ekanini qayd etdi.

TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov oʻz instagramida Yevropa Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Federika Mogerinini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi.  

Kamilov oʻz tabrigida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida yangi kun tartibi belgilanishida Federika Mogerini katta hissa qoʻshganini alohida qayd etdi.

“Bugun Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federika Mogerinini tugʻilgan kuni bilan tabriklash menga mamnuniyat baxsh etadi. U Yevropa Ittifoqining nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yangi kun tartibining muhim mualliflaridan biridir”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Federika Mogerini bilan 2017 yilning iyul oyida Bryusselda uchrashib uni Samarqandga taklif etgan edi. Shundan Soʻng Yevrokomissiya raisi Oʻzbekistonga ikki marotaba tashrif buyurdi: birinchi bor - 2017 yilning noyabr oyida Samarqandda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanish anjumanida ishtirok etish uchun va ikkinchi marotaba 2018 yilning mart oyida Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha Toshkent anjumanidan ishtirok etish uchun.

Asosiy mavzular