00:20 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Mirziyoyev Putin bilan qaysi dolzarb masalalarni muhokama qildi?

© Foto: press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
472 0 0

Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlar joriy yil 14-15 iyun kunlari Bishkek va Dushanbe shaharlarida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning beshinchi sammiti tadbirlari yakunlari yuzasidan fikr almashdilar.

“Suhbatda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamash, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqildi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Taʼkidlanishicha, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ustuvor loyiha va dasturlarni, jumladan, joriy yil 30 may kuni Urganch shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiya birinchi majlisida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Xabarda davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalarni ham muhokama qilganlari qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 14-15 iyun kunlari Bishkek va Dushanbe shaharlarida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning beshinchi sammiti boʻlib oʻtdi.

Asosiy mavzular