06:48 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Diktatura v xoroshem smыsle: kak Lukashenko i Mirziyoyev shutili o seryeznom

Shavkat Mirziyoyevning Belarusga qachon borishi aniq boʻldi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
235 0 0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻtgan yilning sentyabrida Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Ikki yetakchi oʻrtasidagi muzokaralar qizgʻin kechgandi.

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi 2019 yil avgust oyiga rejalashtirilgan, deb xabar berdi Belarus hukumati matbuot xizmati.

Belarus prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

"Joriy yil avgust oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda", - deyiladi Vazirlar kengashi rasmiy saytidagi xabarda.

Minskda 17-19 iyun kunlari Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi tashrif bilan boʻlib turibdi. Hukumatlararo komissiyaning ikkiyoqlama hamkorlik boʻyicha kengashi oʻtkazilgan, unda Belarus bosh vazir oʻrinbosari Vladimir Dvornik ishtirok etgan.

Dvornik oʻz nutqida Minsk Toshkent bilan sanoatkooperatsiyasidan manfaatdorligini maʼlum qildi. Bosh vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, agrosanoat majmuasi, mashinasozlik, oziq-ovqat va farmatsevtika, yengil sanoat sohalari hamkorlikning muhim yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

U Oʻzbekistonda gazmotor yoqilgʻisida yuradigan yuk texnikasi, maxsus texnika, avtobuslar ishlab-chiqarish boʻyicha keng koʻlamli loyihalarni hayotga tatbiq etish taklifini bergan.

Aprel oyida Toshkent viloyatida "Zdravushka Tashkent" qoʻshma korxonasi tashkil etilgan, ushbu loyiha boʻyicha sut va sut-tovarlari qayta ishlash boʻyicha zavod qurish rejalashtirmoqda.

Bosh vazir oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, Mins xuddi shunday loyihalarni Oʻzbekistonning boshqa regionlarida ham amalga oshirishga tayyor.

Asosiy mavzular