09:46 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
55710

Qaror Tbilisidagi ekstremistik harakatlar fonida rossiyaliklar xavfsizligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8-iyuldan mahalliy aviakompaniyalarga Rossiya fuqarolarini Gruziyaga tashishni taʼqiqladi. Tegishli qaror Kreml saytida eʼlon qilingan.

Putin bundan tashqari hukumatga Gruziyada vaqtincha boʻlib turgan fuqarolarni qaytarish boʻyicha topshiriq bergan.

Davlat rahbari turoperatorlarga parvozlar taʼqiqlangan davrda bu davlatga putyovkalar sotmaslikni tavsiya etgan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, aviatashuvlarni taʼqiqlash toʻgʻrisidagi farmon - Tbilisida yuz berayotgan ekstremistik harakatlar fonida rossiyaliklar xavfsizligini taʼminlash uchun majburiy choraligini bildirgan.

Qonun 8-iyuldan kuchga kiradi, chunki bu vaqtga kelib Gruziyaga aksariyat turlar yakunlanadi.

Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, ayni vaqtda Gruziyada 5 mingdan 7 ming nafargacha tashkillashtirilgan tarzda yuborilgan turistlar boʻlib, mustaqil ketganlar soni bundan ikki-uch barobar koʻpdir.

Rossiya tursanoat ittifoqi matbuot kotibi Irina Tyurinaning soʻzlariga koʻra, turoperatorlar 8-iyulga qadar Gruziyadan reja asosida ketmaydigan turistlarni yaqin sanalarda uchishi koʻzda tutilgan reyslarga ularning qaytish chiptalari bilan chiqarishlari kutilmoqda. 8-iyulga kelib Gruziyada tashkillashtirilgan tarzda borgan turistlar qolmasligi kerak.

"Agar turistlardan birortasi hordiqni boʻlishni istamasa va Gruziyada qolishga qaror qilsa, ular Rossiyaga qaytish masalasini oʻzlari hal etishadi va qaytish chiptalarini oʻz hisoblaridan xarid qilishadi", - deya aniqlik kiritdi Tyurina.

Yigirmanchi iyun kuni Tbilisida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Tartibsizliklarga Pravoslav parlamentlararo assambleyasi bosh sessiyasining ochilish marosimida tashkilot rahbari, Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning parlament rahbari kursisiga oʻtirgani sabab boʻlgan. Gavrilov bergan tushuntirishga koʻra, bu oʻringa Gruziya tomoni uni "bunday tadbirlar bayonnomasiga muvofiq" oʻtqazgan.

Sanktsiyalanmagan mitinglar oqibatida, kamida 240 jabrlangan, ular orasida namoyish qatnashchilari va politsiyachilar bor. 300dan ortiq namoyishchilar qoʻlga olingan.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili namoyishlar tashkillashtirishda Moskvani ayblagan. U shuningdek Rossiyani "dushman va bosqinchi", deb ham atagan. Zurabishvilining fikricha, Rossiya hukumati mamlakatdagi holatni izdan chiqarishdan manfaatdor.

RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bu bayonotga noprofessional, deya izoh bergan va Gruziya yetakchisi voqealar mazmunini toʻliq anglamaganini yoki ongli ravishda voqeani buzib koʻrsatayotganini qoʻshimcha qilgan.

Rossiya bosh vaziri soʻzlariga koʻra, Gruziyada roʻy berayotgan voqealar - muxolifat kuchlarning hukumat kuchlariga qarshi kurashi natijasidir, norozilik namoyishlari esa Gruziyadagi siyosiy tizimni yoʻq qilishga yoʻnaltirilgan. Medvedev Gruziya xalqi yuz bergan holat mohiyatini anglab olishiga umid bildirgan.

Asosiy mavzular