03:06 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
100310

NATO boltiqboʻyi davlatlarida harbiylar sonini oshirish bilan birga, oldingi pozitsiyalarni kengaytirish boʻyicha mavjud kelishuvlarni toʻldirmoqchi

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Rossiya va NATO oʻrtasida harbiy mojaro yuzaga kelishi ehtimoli oz, lekin boʻlishi mumkin, deyiladi NATOning mudofaa kolleji tayyorlagan "Boltiqboʻyi ahamiyati. NATO shimoli-sharqiy chegaralari himoyasi" bayonotda.

Hujjatda taʼkidlanishicha, Boltiqboʻyiga yanada koʻproq amerika qoʻshinlarini yuborish kerak, chunki Boltiqboʻyi davlatlari Moskva uchun "Yevropa xavfsizligi arxitekturasini yoʻq qilish usuliga" aylanishi mumkin, deb yozadi doklad muallifi.

"Soʻnggi oʻn yilda Rossiya Federatsiyasi Yevropa xavfsizligi arxitekturasini yoʻq qilish istagini namoyish qildi. NATO va Rossiya oʻrtasidagi harbiy mojaro yuz berishi ehtimoli past, ammo bunga ehtimol sifatida qarab boʻlmaydi. Bunday xatarlarni pasaytirish, NATOning Boltiqboʻyi mamlakatlaridagi "ushlab turish" salohiyatini qoʻllab-quvvatlash uchun boltiqboʻyi yerlariga amerika qoʻshinlarini yuborishni kuchaytirish lozim. Harbiylar sonini koʻpaytirish bilan birga, oldingi pozitsiyalarni kengaytirish boʻyicha mavjud kelishuvlarni toʻldirish kerak", - deya fikr bildirgan hujjat muallifi.

Sal oldinroq AQSH kongressi hali ham sovet qurol-aslahalaridan foydalanishda davom etayotgan, NATO aʼzosi boʻlgan Sharqiy Yevropa mamlakatlariga, amerika texnikasini xarid qilishlari uchun kredit berish taklifini ilgari surgan edi. Qonun chiqaruvchilar fikricha, alyans boʻyicha ittifoqdoshlar Moskvaga toʼbe, negaki ular Rossiyadan ehtiyot qismlarni xarid qilishga majbur.

Asosiy mavzular