09:33 18 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Gossekretar SSHA Mayk Pompeo

Pompeo Oʻzbekiston erkinroq boʻlgani haqida bayonot qildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy
Siyosat
Havola olish
101720

Pompeo soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston hukumati amalga oshirishi kerak boʻlgan ishlar juda koʻp, ammo 30 yil deganda birinchi marta mamlakat alohida tashvishlanishga asos qoldirmayapti

TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Oʻzbekiston diniy erkinliklar boʻyicha holatni yaxshiladi, deya bayonot qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Pompeo soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston hukumati amalga oshirishi kerak boʻlgan ishlar juda koʻp, ammo 30 yil deganda birinchi marta mamlakat alohida tashvishlanishga asos qoldirmayapti.

AQSH davlat kotibining aytishicha, Oʻzbekistonda AQSH taxminiga koʻra, diniy kelib chiqishi tufayli qamoqda ushlab turilgan 50 mahbusni ozodlikka chiqargan va 60 ming nafar fuqarodan xorijga chiqish taʼqiqini olib tashlagan.

Pompeo Oʻzbekistondan kelajakda ham xuddi shunday qadamlarni, xususan ota-onalarga masjidlarda farzandlari bilan birga namoz oʻqishga ruxsat berilishini kutib qolishini aytgan.

Asosiy mavzular