10:46 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Boyeviki gruppirovki Taliban. Arxivnoye foto

AQSH Afgʻonistonda Rossiyaga qarshi katta kuch yarata olmaydi - ekspert

© AFP 2018 / Noorullah Shirzada
Siyosat
Havola olish
86420

AQSH Rossiya bilan Xitoyni Afgʻonistonda toʻqnashtirishni orzu qilmoqda – ekspert fikri.

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasining Xavfsizlik muammolari markazi mutaxassisi Konstantin Bloxin fikriga koʻra, AQSH Rossiya bilan Xitoyni Afgʻonistonda toʻqnashtirishni orzu qilmoqda.

Yaqinda AQShning The Wall Street Journal nashrida eʼlon qilingan maqolalardan birida AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan chiqarganidan soʻng, Rossiya va Xitoy manfaatlari u yerda  toʻqnashishi mumkinligia haqida soʻz yuritilgan edi.

“Bunday maqolalar paydo boʻlishidan maqsad – aynan AQShning ikki yirik raqibi boʻlgan Rossiya va Xitoyni toʻqnashtirish va aynan YevroOsiyo hududida”, - deydi ekspert.

Bloxin aytishiga qaraganda, oldin AQShlik mutaxassislar Afgʻoniston hududidan ham Rossiya ham Xitoyga bosim oʻtkazish uchun foydalanishni maqsad qilgan edi. Lekin bugungi kunda AQSH ushbu notinch mamlakatda oʻz taʼsirini kamaytirishga majbur boʻlmoqda. Sekin-asta ular Afgʻonistondan chiqib ketishga majbur boʻlishadi, lekin keta turib ham ular bu yerda “sekinlashtirilgan mina” qoʻyib ketishga harakat qilishi mumkin.  Umuman koʻplab amerikalik mutaxassislar uchun Rossiya bilan Xitoyni urishtirish gʻoyasi – “ideya fiks” boʻlib qolgan.    

Rossiyalik ekspert fikriga koʻra, AQSH qanchalik harakat qilmasin, ushbu hududda Rossiyaga qarshi sezilarli kuch yarata olmaydi. Chunki ushbu hudud mamlakatlarini Rossiya bilan koʻplab aloqa rishtalari va manfaatlar bogʻlab turibdi.

Asosiy mavzular