Ruhoniy Oq uyni "aqlan zaif", deb atadi. Tramp uchun bu haqorat tuyuldi

© AFP 2023 / Jim WatsonPrezident SShA Donald Tramp vo vremya posadki v samolet
Prezident SShA Donald Tramp vo vremya posadki v samolet  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp, shuningdek, agar Eron Qo‘shma Shtatlarga hujum qiladigan bo‘lsa, uni yo‘q qilib yuboradigan "ulkan kuch" bilan tahdid qildi

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning "Oq Uyning aqlan zaifligi" haqidagi bayonotini haqoratli, deb topdi.

"Eronning bugungi nodonlarga xos va haqoratomuz bayonoti, u haqiqiy holatni anglamayotganidan darak beradi", - deb yozgan siyosatchi seshanba kuni Twitterda.

Eron AQSh razvedka dronini nega urib tushirdi >>>

Tramp, agar Eron, Qo‘shma Shtatlarga hujum qilgudek bo‘lsa, uni yo‘q qilib yuboradigan darajada "ulkan kuch" bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vashington mamlakat rahbariyati va harbiy qo‘mondonlarga qarshi sanksiya kiritgach, Eron prezidenti mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari guvohligida Oq uyni "aqlan zaif" deb atagan va Tramp administratsiyasini "aqliy zaiflik qamrab olganini", u nima qilayotganini anglamayotganini qo‘shimcha qilgan.

Eron ShHT davlatlariga iqtisodiy imtiyozlar berishga tayyor – Ruhoniy

Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z harakatlarida chalkashib qolgan, uning o‘zini tutishi faqat hayratga sabab bo‘lmoqda. Eron yetakchisi, bunday holatlar jahon siyosatida hali bo‘lmaganini alohida qayd etgan.

So‘nggi vaqtlarda AQSh va Eron munosabatlari o‘tkir tus oldi. Amerika hukumati Eron iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga qat’iy sanksiyalar kiritdi va sanksiyaviy bosimlarni kuchaytirishda davom etmoqda. Vashington, bu orqali islom respublikasi "o‘z harakatlarini o‘zgartirishiga" erishmoqchi. AQSh shuningdek, Eron qurolli kuchlarining bir qismi - islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK)ni terroristik tashkilot, deb e’lon qilgan. Bunga javoban Eron AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi - CENTCOMni terroristik tashkilot, AQShning o‘zini esa "terrorizm homiysi bo‘lgan davlat" sifatida e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0