IIVning Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘riqlash xizmati xodimi davlat organi vakili hisoblanadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

TOShKENT, 5-iyul – Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorda belgilanishicha, Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari Milliy gvardiyaga o‘tkazilgan.

Nizomga muvofiq, qo‘riqlash xizmatining asosiy vazifasi shartnoma asosida davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qo‘riqlashni ta’minlash hisoblanadi.

Milliy gvardiya xodimlarining xizmat o‘tash tartibiga doir qaror loyihasi tayyorlandi

Qo‘riqlash xizmati uchun narx Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun Moliya vazirligi bilan kelishib, boshqa tashkilotlar uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan mustaqil belgilanadi.

Nizom bilan Qo‘riqlash xizmatining majburiyatlari va huquqlari, naradlarning faoliyatini tashkil etish, xodimlarning javobgarligi belgilab berildi.

Xususan, Qo‘riqlash xizmati xodimi davlat organi vakili hisoblanadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

Milliy gvardiya xodimlarining ovqatlanishi qanday tashkil etiladi

Hujjatda aytilishicha, Qo‘riqlash xizmati xodimi xizmat vazifasini bajarishda faqat bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘iga (komandiriga) va mas’ul navbatchiga bo‘ysunadi.

Yangiliklar lentasi
0