16:17 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Medvedev va Aripov Moskvada uchrashuv oʻtkazadi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina
Siyosat
Havola olish
406 0 0

Vazirlar savdo, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid masalalarni muhokama qiladilar

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va RF hukumat rahbari Dmitriy Medvedev 10 iyul kuni Moskvada uchrashishadi, deb xabar berdi Rossiya hukumati matbuot xizmati.

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bilan 10 iyul kuni Moskvada muzokara oʻtkazadi.  Uchrashuv davomida vazirlar savdo, investitsiya va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev yaqinda Oʻzbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida Rossiya bosh vaziri Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan, shuningdek, Rossiya-Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasi yigʻilishida ishtirok etgandi. Uchrashuv yakunida ikki davlat hukumatlari oʻrtasida hamkorlikka oid kattagina hujjatlar paketi imzolangan.

Asosiy mavzular