00:57 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov

Abdulla Aripov ertaga Moskvaga keladi

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respubliki
Siyosat
Havola olish
273 0 0

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan muzokara oʻtkazishi koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. 2019 yil 10 iyul kuni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, tashrif dasturida 30-may kuni Urganch shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Rossiya Hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning birinchi yigʻilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar oʻtkazish koʻzda tutilgan.

“Oʻzbekiston delegatsiyasi Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi hududida “Oʻzbekiston” pavilonida hamda qator korxona va tashkilotlarda boʻladi”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular