AQShning yangi elchisi jurnalistlar bilan uchrashdi

© Posolstvo SShADaniyel Rozenblyum
Daniyel Rozenblyum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh elchisi O‘zbekistonda amalga oshirishni rejalashtirayotgan 5ta maqsadini xabar qildi.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Daniel Rozenblyum 9iyul kuni jurnalistlar bilan uchrashib, O‘zbekistonda qaysi yo‘nalishda faoliyat olib borishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

Elchi, xususan, o‘zining asosiy beshta maqsadini sanab o‘tdi:

Deniyel Rozenblyum - Sputnik O‘zbekiston
AQShning yangi elchisi haqida nimalar ma’lum bo‘ldi

1. O‘zbekiston bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorligimizni chuqurlashtirish.

2. O‘zbekiston hukumati boshlagan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni imkon qadar ko‘proq qo‘llab-quvvatlash.

3. Asosiy inson huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratishni davom ettirish.

4. AQSh va O‘zbekiston vatandoshlari o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqalar o‘rnatish.

5. AQSh kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z mahsulot va servislarini sotish hamda foydali investitsiya kiritish imkoniyatlardan to‘liq foydlanishini ta’minlash.

Elchi, shuningdek, ikki hafta avval 13 ta amerikalik kompaniya savdo missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurganini va Toshkentda “Honeywell Corporation” trening markazi ochilganini xabar qildi.

“Amerikalik kompaniyalar inson kapitaliga sarmoya kiritadi. Bu esa sarmoyalar ichida eng yaxshisidir, chunki undan O‘zbekiston uzoq yillar davomida foyda ko‘radi”, - dedi elchi.

Eslatib o‘tamiz, Daniel Rozenblyum AQShning O‘zbekistonga elchisi etib 2018-yilda tayinlangan edi. Rozenblyum AQShda “Rossiya tarixi, tili va adabiyotini o‘rgangan, keyinchalik “Sovet ilimlari” bo‘yicha magistr unvonini olgan. 1990-yillarda sobiq ittifoq resbuplikalarida bir necha yil davomida nodavlat-notijorat tashkilot xodimi sifatida ishlagan. 2014-yildan boshlab AQSh Davlat departamentining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘limida ishlab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0