Abdulaziz Kamilovning AQShga tashrifi maqsadi ma’lum qilindi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya AQShga jo‘nab ketdi.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShga tashrifi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazadi.Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Kamilov AQShga amaliy tashrif doirasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiya aloqalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator tadbir va uchrashuvlarda ishtirok etadi. Delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, kompaniyalar va banklar rahbarlari kirgan.  Tashrif 16-iyul kuni boshlandi va 23-iyul kuni yakunlanadi.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Bishkekdagi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” uchrashuvida ishtirok etadi

Delegatsiyaning asosiy maqsadi – AQSh ma’muriyatining qator vazirlik va idoralari, Jahon banki guruhi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish, yirik korporatsiya va kompaniyalar, hej-fondlar,  investitsion banklar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ular bilan Amerika biznesining respublikadagi davlat tashkilotlarini xususiylashtirish va modernizatsiya qilish dasturida ishtirok etishi istiqbollarini muhokama qilish. 

Vashington shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh ma’muriyati va Kongressi a’zolari, yetakchi tahlil markazlari ekspertlari hamda Amerika moliya korporatsiyalari, konsalting va yuridik firmalari vakillari uchun O‘zbekistonning investitsion salohiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazadi. 

Prezident Sentra sistemnogo analiza i prognozirovaniya Rostislav Ishenko - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistondan aslida nimani xohlaydi: elchi Rozenblyum iqrori

Nyu-York shahrida “O‘zbekiston kapital bozorining imkoniyatlari” investitsiya forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi, xususan, Oq uy ma’muriyati, Davlat departamenti, G‘aznachilik va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi mansabdor shaxslari bilan muzokaralar rejalashtirilgan. Kongressda Senat va Vakillar palatasining “O‘zbekiston bo‘yicha Kokus” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etish rejalashtirmoqda. Vashington shahrida bo‘lish chog‘ida AQSh Moliyaviy xizmatlar sohasini tartibga solish xizmati, Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi rahbariyati, shuningdek, Jahon banki guruhi boshqaruvchi tarkibi vakillari va Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari bilan muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda. 

Nyu-York shahrida Nyu-York fond birjasi (NYSE) va yuqori texnologik kompaniyalar aksiyalariga ixtisoslashgan NASDAQ birjasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladi.  O‘zbekiston vakillari “NYSE”da birja savdolari ochilish marosimida ishtirok etadi. 

Tashrif chog‘ida qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0