"Tolibon" O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga taklif etilgani yo‘q

© AP Photos / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya "Taliban"
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAV xabariga ko‘ra, afg‘onlararo uchrashuv uch yoki to‘rt haftadan so‘ng Samarqandda bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. Afg‘onistondagi "Tolibon" harakati O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga taklif etilgani yo‘q, lekin olsa, bu taklifni ko‘rib chiqishga tayyor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Qatardagi "Tolibon" siyosiy ofisi rasmiy vakili Suxel Shaminga tayangan holda.

Predstaviteli dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon AQSh bilan qator masalalarda kelishuvga erishganini ma’lum qildi

Ilgariroq 1TV telekanali bundan oldingi, 7-8 iyul kunlari Qatarda o‘tkazilgan matbuot-anjumaniga tayanib, afg‘onlararo uchrashuv uch yoki to‘rt haftadan so‘ng Samarqandda o‘tkazilishi haqida xabar qilgan edi. Manba shuningdek, tomonlar keyingi ikki hafta davomida dastlabki tinchlik shartnomasini imzolashi haqida xabar bergandi.

"O‘zbekistonda o‘tkaziladigan uchrashuv sanasi hali aniqlashtirilgani yo‘q, lekin agar biz O‘zbekistondan taklif olsak, uni ko‘rib chiqamiz", - deb aytgan Shaxin.

Doxadagi afg‘onlararo anjuman 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Ikki kunlik anjumanda 60dan ziyod afg‘onlar ishtirok etishgan, shu jumladan, "Tolibon" radikal harakati a’zolari ham. Uzoq davom etgan tortishuvlardan so‘ng 9-iyulga o‘tar kechasi delegatlar yakuniy bayonnomani qabul qilishgan, unda Afg‘onistondagi oddiy fuqarolar orasidagi yo‘qotishlarni nol darajaga tushirish va ta’lim hamda tibbiyot muassasalari himoyasini ta’minlash majburiyatlari qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0