Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat departamentida muzokaralar o‘tkazdi

© InstagramABdulaziz Kamilov i Elis Uollis
ABdulaziz Kamilov i Elis Uollis  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqinda AQSh Davlat departamentining yuqori lavozimli mulozimlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Yaqin vaqt ichida AQSh Davlat departamentining yuqori lavozimli mulozimlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqida Abdulaziz Kamilovning AQShga tashrifi doirasida ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri AQSh Davlat departamentida davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl va davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s naznachennim Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Islamskoy Respubliki Afganistan Axmadom Xolidom Elmiy. - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Afg‘oniston elchisi bilan munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Muzokaralarda O‘zbekiston - AQSh munosabatlari holati va yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi. Xususan, Devid Heyl O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlanayotgani qayd etib aloqalarni yanada mustahkamlash uchun konstruktiv trendni davom ettirish maqsad qilinganini xabar qildi.

Ushbu maqsadda yaqin kelajakda Davlat departamentining yuqori lavozimli vakili O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasi haqida ma’lum qildi. 

Elis Uells, o‘z navbatida, so‘nggi 15-yilda ilk bor O‘zbekiston Mudofaa vazirining joriy yil iyul oyida AQShga tashrifi, Missisipi shtati gubernatorining mamlakatimizga kelishi alohida ta’kidlandi.

Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis, shuningdek, AQSh tomoni ta’lim sohasida va Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va ushbu mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga jalb qilinishida O‘zbekistonning muhim rolini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0