05:44 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva vstretilas s Chrezvыchaynыm i Polnomochnыm Poslom Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane Vladimirom Tyurdenevыm.

Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Press-slujba Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Siyosat
Havola olish
130 0 0

Uchrashuvda joriy yilning kuzida Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari ham koʻrib chiqildi

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva RFning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston va Rossiya davlat rahbarlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga poydevor boʻlib xizmat qilmoqda. Mamlakatlar oʻrtasidagi muloqotni faollashtirishda parlamentlarning oʻrni va ahamiyati ham tobora oshib bormoqda. 

“Uchrashuvda joriy yilning kuzida Federal Majlis Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari ham koʻrib chiqildi”, - deyiladi Oliy majlis senati matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilgani qayd etildi.

Jumladan, Oliy Majlis Senati delegatsiyasining 2018 yil noyabrda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi, shuningdek, Oliy Majlis Senati hamda Federal Majlis Federatsiya Kengashi hamkorligi boʻyicha komissiyaning majlisi oʻtkazildi.

Asosiy mavzular