Putin Mirziyoyevga farovonlik va muvaffaqiyat tiladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya hududlarining amaliy hamkorligi faollashdi. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda almashinuvlar borasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat avvalida Vladimir Putin Mirziyoyevni tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

V rezidensii Kuksaroy sostoyalas seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan qutladi

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki tomonlama aloqalar aniq mazmun bilan boyigani ta’kidlandi.

Hukumatlararo institutlar samarali faoliyat yuritmoqda, tovar ayirboshlash hajmi izchil ortmoqda, Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya hududlarining amaliy hamkorligi faollashdi. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda almashinuvlar borasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarga doir va xalqaro ahamiyaga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar hamda bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Yangiliklar lentasi
0