19:21 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
113910

"Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar toʻgʻrisidagi shartnoma taqdiri atrofida noaniqlik saqlanib kelmoqda, biz uni uzaytirishni taklif etdik, lekin Vashingtondan javobni eshitmadik", - degan Lavrov

TOSHKENT, 26 iyul - Sputnik. Moskva AQShning kosmosga qurol olib chiqish rejasidan tashvishda, bu qurol-aslahalar poygasini yana yangilashi mumkin, deb bayonot qildi juma kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

"Biz AQShning kosmos boʻshligʻiga qurolni olib chiqish rejasiga jiddiy kirishganidan tashvishdamiz, bu holat qurol-aslahalar boʻyicha yangi global poygaga olib kelishi mumkin", - dedi Lavrov, BRIKS mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari kengashida chiqish qilar ekan.

Lavrov shuningdek, harbiy byudjetning oshirilishi, strategik stabillikni ushlab turish uchun oʻn yilliklar davomida shakllantirib kelingan arxitekturaning buzilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid qilishini bildirdi.

Lavrov misol tarzida oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar toʻgʻrisidagi shartnomani keltirib oʻtdi.

"Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar toʻgʻrisidagi shartnoma taqdiri atrofida noaniqlik saqlanib kelmoqda, biz uni uzaytirishni taklif etdik, lekin Vashingtondan javobni eshitmadik", - deb qoʻshimcha qildi u.

Asosiy mavzular