07:01 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
331 0 0

Sanoat, yoqilgʻi-energetika kompleksi, transport va aloqa doimiy komissiyasining vakili Andrey Ribak Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida asosiy hamkorlik yoʻnalishlarini Sputnik Belarusga maʼlum qildi.

Minskda 29-30 iyul kunlari birinchi Belarus va Oʻzbekiston mintaqalararo forum oʻtkazilmoqda. Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari - tibbiyot, yengil sanoat va xom ashyo resurslari.

Davlatlar oʻrtasida traktorlar ishlab chiqarish sohasida kelishuvga erishilgan, shuningdek “BelAz” va “Maz” korxonalar oʻzaro hamkorlik qilmoqda.

Ekspert fikriga koʻra, Oʻzbekiston yaxshi xom ashyo resurslariga ega, shu jumladan paxta, bu Belarus yengil sanoati uchun juda qiziq.

Mutaxassisning toʻliq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Andrey Rыbak rasskazal ob osnovnыx napravleniyax sotrudnichestva

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belarusga keladi.

Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti imzolanishi hamda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular