16:01 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Shavkat Mirziyoyev Minskda Gʻalaba monumentiga gulchambar qoʻydi

© press-slujba
Siyosat
Havola olish
120 0 0

Gʻalaba monumentiga gulchambar qoʻyilganidan soʻng harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi va faxriy qorovulning tantanali marshi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Bugun erta tongdan Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Oʻzbekiston prezidenti, anʼanaga muvofiq, Belarus poytaxtidagi Gʻalaba monumentiga gulchambar qoʻydi. Shundan soʻng harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlarining tantanali marshi boʻlib oʻtdi.

Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k monumentu "Pobeda" v Minske

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Minskka kecha yetib kelgan edi. Kecha kechqurun “Zaslavl” davlat qarorgohida Oʻzbekiston va Belarus prezidentlarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Unda prezidentlar oʻzaro sovgʻa almashib soʻng suhbat qurishgan edi.

Prezident tashrifning asosiy voqealari 1 avgust kuni boʻlib oʻtadi. Mustaqillik saroyida Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari tor va keng doirada muzokaralar oʻtkazadi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti imzolanishi, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, prezidentlar Minskda ochilgan Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasiga tashrif buyuradilar. Tashrif dasturidan Belarus yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishish ham oʻrin olgan.

Monument Pobeda v Minske

Asosiy mavzular