14:04 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s prezidentom Kыrgыzstana Sooronbayem Jeenbekovыm

Abdulla Aripov Qirgʻiziston prezidenti bilan uchrashdi

© Ofitsialnыy sayt Prezidenta Kыrgыzskoy Respubliki / DOSALIEV SULTAN
Siyosat
Havola olish
162 0 0

Sooronbay Jeenbekov qirgʻiz-oʻzbek chegarasini delimitatsiya qilishda tomonlarning ijobiy ishini mamnuniyat bilan qayd etdi va Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning chegaradosh mintaqalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhimligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi. Bu haqda Qirgʻiziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, chegaralar, energetika, mintaqalararo va parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Sooronbay Jeenbekov Qirgʻiziston-Oʻzbekiston hamkorligini chuqurlashtirish har doim mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Qirgʻiziston rahbari barcha tegishli masalalar oʻzaro manfaatli shartlar asosida hal qilinishi zarurligini taʼkidlab, nafaqat Oʻzbekiston bilan, balki koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan ham manfaatdor ekanligini bildirdi.

1 / 3
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s prezidentom Kыrgыzstana Sooronbayem Jeenbekovыm

Shuningdek, Sooronbay Jeenbekov qirgʻiz-oʻzbek chegarasini delimitatsiya qilishda tomonlarning ijobiy ishini mamnuniyat bilan qayd etdi va Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning chegaradosh mintaqalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhimligini taʼkidladi.

Abdulla Aripov oʻz navbatida davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari tufayli ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilganini, savdo-iqtisodiy aloqalarning ijobiy surʼati qayd etilganligini taʼkidladi. 

Abdulla Aripov mamlakatlar oʻrtasida hukumat darajasida prezidentlar tomonidan belgilangan barcha masalalar, shu jumladan, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo hajmini 1 mldr dollarga yetkazish boʻyicha ishlar olib borilayotganini taʼkidladi. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abdulla Aripov Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular