Mirziyoyev Lukashenkoni O‘zbekistonga taklif etdi

© Press-slujba prezidenta BelarusiAleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidensii "Zaslavl"
Aleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidensii Zaslavl - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoni kecha bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti davomida O‘zbekistonga taklif etdi, deb xabar berdi mamlakat prezidenti rasmiy saytida.

Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v respubliku Belarus - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko: “Birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatni butunlay o‘zgartirib yubordik”

Mirziyoyev suhbat davomida Belarusga ilk rasmiy tashrifi davomida ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston-Belarus sammiti ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarib, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitganini katta mamnuniyat bilan qayd etganlar.

Muloqotda erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan hujjatlarni "yo‘l xaritasi" asosida amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.

Xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va innovatsion sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Belarus korxonalarining ilg‘or texnologiyalari va bilimlari asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalar va kooperatsiya dasturlarini ilgari surish xususida so‘z borgan.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidlaganlar.

Yangiliklar lentasi
0