Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZamestitel ministra oboroni RF Timur Ivanov vo vremya press-konferensii, posvashennoy sozdaniyu jenskogo professionalnogo gandbolnogo kluba (PGK) SSKA, v Moskve
Zamestitel ministra oboroni RF Timur Ivanov vo vremya press-konferensii, posvashennoy sozdaniyu jenskogo professionalnogo gandbolnogo kluba (PGK) SSKA, v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Timur Ivanov tashrif davomida Rossiya terma jamoasi a’zolari bilan uchrashadi, sportchilarning joylashish sharoitlari va Forish tog‘ poligoni infrastrukturasi bilan tanishadi.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov V xalqaro armiya o‘yinlari doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” ko‘pkurashida ishtirok etayotgan Rossiya qurolli kuchlari terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor ArMI-2019  armiya o‘yinlari o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston
Endi O‘zbekistonda: Armiya o‘yinlari-2019

Xabarda qayd etilishicha, Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari tashrif davomida Rossiya terma jamoasi a’zolari bilan uchrashadi, sportchilarning joylashish sharoitlari va Forish tog‘ poligoni infrastrukturasi bilan tanishadi.

Kuni kecha “Harbiy-tibbiy estafeta”ga qur’a tashlandi. Qur’a tashlash marosimini O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ochib berdi.

Shaffof va oshkor ravishda o‘tkazilgan qur’a natijalariga ko‘ra, “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida jamoalarning ishtirok etish ketma-ketligi aniqlandi. Bular:1 — Angola; 2 — Armaniston; 3 — Rossiya; 4 — Zimbabve; 5 — Vyetnam; 6 — Tojikiston; 7 — Myanma; 8 — Belarus; 9 — Qozog‘iston; 10 — O‘zbekiston; 11 — Ozarbayjon.

“Harbiy-tibbiy estafeta” ilk bor xorijda, O‘zbekistonning Forish o‘quv bazasida o‘tkazilmoqda.

4 avgust kuni start oladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Angola, Ozarbayjon, Belarus, Vyetnam, Rossiya, Armaniston, Zimbabve, Qozog‘iston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar g‘oliblik uchun o‘zaro kurashadi.

Yangiliklar lentasi
0