14:34 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Torjestvennoye otkrыtiye konkursa Voyenno-meditsinskaya estafeta na poligone Forish

Oʻzbekistonda “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro musobaqasiga start berildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
121 0 0

Ochilish marosimida Rossiya mudofaa vazirining oʻrinbosari Timur Ivanov soʻzga chiqib, Rossiya mudofaa vaziri armiya-generali Sergey Shoyguning tabrigini oʻqib eshittirdi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Kecha, 4 avgust kuni “Forish” togʻ poligonida V Xalqaro armiya oʻyinlari doirasi Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilayogan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev hamda uning oʻrinbosarlari, okrug qoʻmondonlari, Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Timur Ivanov, turli davlatlardan kelgan harbiy attashelar, OAV vakillari hamda estrada yulduzlari ishtirok etdi.

Komanda Rossii na konkurse Voyenno-meditsinskaya estafeta v Uzbekistane
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Komanda Rossii na konkurse "Voyenno-meditsinskaya estafeta" v Uzbekistane

“Avvalambor aziz mehmonlarimiz, harbiy-tibbiy estafetasi qatnashchilarini bizning mehmondoʻst diyorimiz va serquyosh yurtimiz — Oʻzbekistonda samimiy qutlamoqchiman. Bugun biz oʻz mahoratini, harbiy xizmatga zarur boʻlgan eng oliy sifatlarini: malaka, qatʼiy xarakter, professionallik va intizom, uygʻunlikda va aniq harakatlana olish hamda haqiqiy janogovar vaziyatda nafaqat muvaffaqiyat, balki birinchi navbatda insonlarning hayoti va sogʻligini belgilovchi tezda qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etadigan harbiy-tibbiyot professionallari bellashuviga start bermoqdamiz”, - dedi Bahodir Qurbonov.

Shundan soʻng, Rossiya mudofaa vazirining oʻrinbosari Timur Ivanov soʻzga chiqib, Rossiya mudofaa vaziri armiya-generali Sergey Shoyguning tabrigini oʻqib eshittirdi.

Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Dastlab Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan harbiy qoʻshiqlardan iborat defile tantanali marosimni ochib berdi. Koʻrgazmali chiqishlar va kontsert dasturlari marosimga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.

 Salyut v den otkrыtiya konkursa Voyenno-meditsinskaya estafeta v Uzbekistane
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Salyut v den otkrыtiya konkursa "Voyenno-meditsinskaya estafeta" v Uzbekistane

“ArMI – 2019” oʻyinlari jami 31 ta tanlovdan iborat boʻlib, ulardan 16 tasi Rossiyada, toʻrttasi Xitoyda, uchtasi Qozogʻistonda, Belarus va Eronda ikkitadan hamda Armaniston, Ozarbayjon, Hindiston, Moʻgʻuliston va Oʻzbekistonda bittadan tanlovlar oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular