14:02 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov

Abdulaziz Kamilov Turkiya prezidenti bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Siyosat
Havola olish
102 0 0

Erdoʻgʻan davlatlar va xalqlar oʻrtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish jarayonidagi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini eʼtirof etdi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdoʻgʻan bilan uchrashdi.

Taʼkidlanishicha, Turkiya rahbari Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholadi, davlatlar va xalqlar oʻrtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish jarayonidagi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini eʼtirof etdi.

TIV xabarida yozilishicha, suhbat chogʻida oliy darajadagi uchrashuvlar hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo aralash komissiya va Qoʻshma strategiyani rejalashtirish guruhining yigʻilishlari natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi, ikki tomon kun tartibining boshqa jihatlari, xususan asosiy qoʻshma tadbirlarning jadvali koʻrib chiqildi.

Joriy yilda Anqara shahrida Oʻzbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishiga tayyorgarlik jarayoniga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam Oʻzbekiston-Turkiya muloqoti, ikki davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan shakllangan ishonch, oʻzaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish muhiti davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos hisoblanishi qayd etildi.

Asosiy mavzular