14:04 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Pamyatnik v Fergane

Shuhrat Gʻaniyev Fargʻona viloyatida zarbdor bir yillik eʼlon qilinganini aytdi

© Flickr / t_y_l
Siyosat
Havola olish
79310

Viloyatda xorijiy investitsiyalar hajmini keskin oshirish va sanoatni rivojlantirish boʻyicha zarbdor bir yillik eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev viloyatda zarbdor bir yillik eʼlon qilinganini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

“Fargʻona viloyatida 2019 yilning may oyidan 2020 yilning may oyiga qadar xorijiy investitsiyalarni keskin oshirish va sanoatni rivojlantirish boʻyicha zarbdor bir yillik eʼlon qilindi”, - dedi Shuhrat Gʻaniyev.

Hokimning maʼlum qilishicha, bir yil ichida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmini oshirish borasida yangicha uslublarni qoʻllash, xorijiy safarlarni puxta rejalashtirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish vazifalari belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, Fargʻona shahrida xalqaro investitsiya forumi ish boshladi. Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Eron, Turkiya, Belarus kabi 28 ta davlatning yirik investorlari ishtirok etmoqda. Forum davomida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb kilish boʻyicha kelishuvlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular