TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Oʻzbekiston chegara xizmati Qirgʻiziston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda va qoʻshni davlatdagi hamkasblar bilan tezkor axborot almashib turibdi. Bu haqda RIA Novosti Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari vakiliga tayanib xabar qildi.
“Hozirda chegarani qoʻriqlashni belgilangan tartibda, qoʻshimcha kuch va vositalarni jalb etmay ushlab turish sxemasi amal qilmoqda”, - dedi xizmat vakili.
Uning soʻzlariga koʻra, chegaradan tashqari hududlarda roʻy beradigan favqulodda vaziyatlarda bunday choralar chegara postlarida texnik aloqalar va axborot yigʻish kuchaytirilishi bilan bogʻliq.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 7 avgust kuni Qirgʻiziston maxsus topshiriqli boʻlinmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Koy-Tosh qishlogʻida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qoʻlga olishga urinib, maxsus amaliyot oʻtkazishdi.
Atambayevning uyi hujumdan soʻng ilk daqiqalarda – video
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuvlar oqibatida jami 45 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Spetsnazlardan biri olgan jarohati halok boʻlgan.