14:24 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
m

Toshkentda “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
644 0 0

“Tolibon” harakatining siyosiy ofisi rahbari afgʻonlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. 8 avgust kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida “Tolibon” harakatining Doha shahridagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund boshchiligidagi Harakat vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv chogʻida Afgʻonistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida mamlakatda tinch siyosiy jarayonlarni ilgari surish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar Oʻzbekiston rahbariyatiga Afgʻonistonga doimiy eʼtibor qaratayotgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi va Oʻzbekiston saʼy-harakatlari tufayli Afgʻoniston muammosi yana jahon hamjamiyati diqqat markaziga tushganini alohida qayd etdi.

“Tolibon” harakatining siyosiy ofisi rahbari afgʻonlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi. Mazkur tadbirning Afgʻonistondagi hozirgi real vaziyat nuqtai nazaridan oʻz vaqtida tashkillashtirilayotgani va dolzarbligi qayd etildi va Oʻzbekiston tomonining mazkur uchrashuvni oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratib berishga tayyorligi uchun minnatdorlik izhor etdi.

Muzokaralar chogʻida afgʻon xalqining oʻz taqdirini oʻzi hal qilishi va oʻz kelajagini qurish huquqi yana bir bor taʼkidlandi.

Asosiy mavzular