14:43 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Stranы mira. Afganistan

Afgʻoniston TIVga Oʻzbekiston Tolibonni qabul qilgani yoqmadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Siyosat
Havola olish
1462 0 0

Sabgatulla Axmadiy mamlakat Oʻzbekiston, mintaqa hamda jahonning boshqa davlatlaridan Afgʻoniston xalqiga va uning rahbariyatiga hurmatda boʻlishni, aynan Afgʻoniston xalqi va rahbariyati tinchlik jarayonida bosh rolda boʻlishlari kerakligini kutayotganini aytgan

TOSHKENT, 10 avg – Sputnik. "Tolibon" harakati yetakchilarining Oʻzbekistonda qabul qilinishi Toshkent Qobulga tinchlik jarayonida yordam berishni xohlamasligiga ishoradir, dedi RIA Novostiga Afgʻoniston TIV rasmiy vakili Sabgatulla Axmadiy.

8 avgust kuni Oʻzbekiston TIVda Doxadagi "Tolibon" siyosiy ofisining mulla Barodar Axund rahbarligidagi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

""Tolibon" rahbariyatini Oʻzbekistonda qay tarzda qabul qilishgani, shuningdek, muzokaralar jarayoni Oʻzbekiston Afgʻonistonga yordam berayotgani yoki maydonni taʼminlab berayotganini koʻrsatmaydi", - deb aytgan idora vakili. Uning soʻzlariga koʻra, shu bilan birga, Qobul, qoʻshni mamlakatlarning Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga yordam berish istagini olqishlaydi.

Sabgatulla Axmadiy mamlakat Oʻzbekiston, mintaqa hamda jahonning boshqa davlatlaridan Afgʻoniston xalqiga va uning rahbariyatiga hurmatda boʻlishni, aynan Afgʻoniston xalqi va rahbariyati tinchlik jarayonida bosh rolda boʻlishlari kerakligini kutayotganini aytgan.

Axmadiy shuningdek, afgʻonlararo muzokaralarning keyingi raundi oʻtkaziladigan joy tez orada aniqlanishini aytgan. U ushbu raundni oʻz hududida qabul qilish istagini Oʻzbekiston, Norvegiya, Indoneziya va GFR davlatlari bildirishganini eslatib oʻtgan.

Iyul oyi oxirida Oʻzbekiston TIV oʻzbek tomoni Afgʻoniston hukumati va "Tolibon" harakati uchrashuvini Samarqandda oʻtkazishga tayyorligini va bu uchrashuv muvaffaqiyatli oʻtishiga umid qilishini maʼlum qilgan edi. Idora maʼlumotiga koʻra, Samarqanddagi uchrashuv vaqti afgʻonalararo muzokaralarning barcha ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangach, eʼlon qilinadi.

2018 yilning mart oyida Toshkentda Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha oʻtkazilgan anjumanda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzbek tomoni afgʻon hukumatiga va "Tolibon" harakatiga toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni oʻtkazish uchun barcha sharoitni taqdim etishga tayyorligini bildirgan edi. Anjuman yakuni boʻyicha qabul qilingan deklaratsiyada Afgʻoniston hukumati va qurollangan oppozitsiya, xususan, "Tolibon" oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni oldindan hech qanday shart qoʻymasdan qisqa vaqtda boshlash zarurati boʻyicha umumiy pozitsiya aks etgan edi.

Afgʻonistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" radikal harakati jangarilari oʻrtasida qarshi kurash kechmoqda. "Tolibon" jangarilari mamlakatning qishloq tumanlarida kattagina hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga bosqinchilik ishlari koʻlamini kengaytirgan. Shuningdek, mamlakat hududida "ID" terroristik guruhi taʼsiri ham kuchaygan. Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat boʻylab hamkorlikda terrorizmga qarshi operatsiyalarni oʻtkazib kelmoqda.

Asosiy mavzular