15:11 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Medvedev Aripovga: tez-tez uchrashib turibmiz va bu yaxshi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov
Siyosat
Havola olish
434 0 0

Rossiya va Oʻzbekiston bosh vazirlari Turkmanistondagi birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida uchrashishdi.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bu yil hamkasbi Abdulla Aripov bilan tez-tez uchrashib turayotgani taʼkidladi va bu ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning barqaror rivojlanishi garovi ekanini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Bu yil siz bilan tez-tez uchrashib turibmiz va bu yaxshi. Bu Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning barqaror rivojlanishi garovidir”, - dedi Medvedev Aripov bilan uchrashuv chogʻida.

Shuningdek, u bugungi uchrashuv nafaqat forum bilan bogʻliq mavzularni, balki ikki tomonlama hamkorlik, ilgari oliy daradaja kelishilgan shartnomalar bajarilishini muhokama qilishga imkon berishini qayd etdi.

Aripov ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilganini qayd etib, joriy yilning yanvar-iyul oyida tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oʻsgani va yil oxiriga kelib olti milliard dollarni tashkil etishini qoʻshimcha qildi.

U yaqinda Rossiya hukumati tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importi uchun QQSning yangi koʻrsatgichi qabul qilinganini eslatib oʻtdi.

“Umid qilamizki, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bundan foydalanishadi va Rossiya bozoriga eng sifatli va foydali mahsulotlarni yetkazib berishadi”, - dedi Oʻzbekiston bosh vaziri.

Medvedev va Aripov Moskvada uchrashuv oʻtkazadi

Eslatib oʻtamiz, avalroq Abdulla Aripov Moskva viloyatida Dmitriy Medvedev bilan uchrashib, bu yerda qoʻllanilayotgan zamonaviy boshqaruv texnologiyalari bilan tanishgani xabar qilingan edi.

Undan ilgariroq esa Dmitriy Medvedev Xorazm viloyatiga Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurib, Abdulla Aripov bilan boʻlgan muzokaralar chogʻida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid rejalarni maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular