13:02 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
203 0 0

Uchrashuvda toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkent-Ashxobod havo yoʻlini tiklash, ikki mamlakatning viloyat markazlari oʻrtasida avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish va fuqarolarning oʻzaro tashriflari tartibini soddalashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. 2019-yilning 16-avgust kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Oʻzbekiston prezidentining Turkmanistonga boʻlajak tashrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.

Vazirlar Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlarining, xalqaro va mintaqaviy siyosatning barcha dolzarb masalalari boʻyicha ikki mamlakat mavqelari yaqinligi va mos kelishini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oʻzbekiston va Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik, barqaror rivojlanish va farovonlikni taʼminlash, mintaqaning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy va ilmiy markazlardan biri sifatidagi tarixiy rolini tiklash boʻyicha vazifalar atrofida jamlanganligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkent-Ashxobod havo yoʻlini tiklash, ikki mamlakatning viloyat markazlari oʻrtasida avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish va fuqarolarning oʻzaro tashriflari tartibini soddalashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Maslahatlashuvlar yakuniga koʻra vazirlar Oʻzbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2020-2021-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturini imzoladilar.

Asosiy mavzular