Senatning 21-yalpi majlisida qaysi qonun va masalalar ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz
17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yigirma uchinchi avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi chaqiriladi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. 23-avgust kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi chaqiriladi.

Senat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yalpi majlis kun tartibiga mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Senat raisi O‘zbekiston bozorlaridagi antisanitariya holatlari haqida ochiq gapirdi

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi, “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Senat a’zolari Oliy Majlis budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi, saylov, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi masalalarni ham ko‘rib chiqadilar.

Shuningdek, senatorlar Xalqaro mehnat tashkilotining sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 81-sonli, qishloq xo‘jaligida mehnat inspeksiyasi to‘g‘risidagi 129-sonli konvensiyalarini va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ham muhokama qiladilar.

Predsedatel senata Oliy Majlisa Nigmatulla Yuldashev  - Sputnik O‘zbekiston
"Marhumlar yozadi": Senat raisi O‘zbekistondagi maktab darsliklarini qattiq tanqid qildi

Yalpi majlisda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil ikkinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, ichki ishlar va tashqi ishlar vazirlari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining axborotlari, shuningdek, Xorazm viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.

Senat a’zolari bo‘sh turgan, qurilishi tugallanmagan obyektlardan va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishga doir qonun hujjatlari ijrosi holatini o‘rganish natijalari, shuningdek  bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari holati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish to‘g‘risidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0