18:28 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Siyosat
Havola olish
51610

Putin Frantsiyadagi sariq nimchalar aktsiyasi kabi hodisalar Moskvada roʻy berishini xohlamasligini aytdi va Rossiyadagi siyosiy vaziyat qonun doirasida rivojlanishi uchun qoʻlidan kelguncha harakat qilishga vaʼda berdi.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Vladimir Putin Rossiyada boʻlib oʻtgan norozilik aktsiyalari haqida gapirar ekan, holatni toʻqnashuvlargacha olib kelishga hech kim haqli emasligini, aybdorlar jazolanishi zarurligini aytdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Davlat rahbari Moskvadagi tartibsizliklar saylovlar bilan bogʻliq ekanligini qoʻshimcha qildi, negaki Rossiyada sentyabr oyida regional, shu jumladan Moskva hokimligiga saylovlar oʻtkazilishi kutilmoqda. Putin shuningdek,amaldagi qonunga muvofiq, fuqarolar "tinch namoyishlar"ni oʻtkazishga haqli ekanini va hukumat bunda ularga halal berishi kerakmasligini qoʻshimcha qildi.

"Biroq hech kim - na hokimiyat, na fuqarolar guruhlari - amaldagi qonunni buzishga va holatni bemaʼnilik darajasigacha yoki hukumat bilan toʻqnashuvgacha olib kelishga haqli emas. Bu qonun buzilganini anglatadi va bunda aybdor boʻlganlarning barchasi xuddi oʻsha Rossiya qonuniga muvofiq javobgarlikka tortilishi lozim", - dedi u.

Prezident, shuningdek, iyul va avgust oylarida oʻtkazilgan aktsiyalar hukumat tomonidan sanktsiya qilingani va ular tinch, hech bir tartibbuzarliklarsiz boʻlib oʻtganini qayd etdi.

"Bundan keyin ham bizda hammasi shu tarzda - ijtimoiy tartibbuzarliklarsiz va qonunbuzarliklarsiz kechishini xohlar edim", - dedi Putin.

Davlat rahbari Frantsiyada boʻlib oʻtgan aktsiyalar haqida esga oldi.

© Sputnik / Irina Kalashnikova

"Bilishimizcha, bu kabi voqealar faqatgina Rossiyada roʻy bermaydi... Hozir men mehmondaman va shu bois bu haqda gapirish biroz noqulay, lekin majburman, chunki siz shunday savollar bilan murojaat qilyapsiz. "Sariq nimchalar" deb ataluvchilar bilan bogʻliq hodisalar barchamizga ayon, nazarimizda, bizning hisob-kitoblarga koʻra, unda 11 kishi halok boʻlgan, 2,5 ming kishi jarohatlangan, shu jumladan, 2 ming nafar politsiyachilar ham", - dedi Rossiya prezidenti.

Putin bu kabi hodisalar Moskvada boʻlishini xohlamasligini aytdi va mamlakatdagi siyosiy vaziyat qonun doirasida rivoj topishi uchun qoʻlidan kelganicha harakat qilishga vaʼda berdi.

Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni Vladimir Putin Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Frantsiya prezidentlarining yozgi qarorgohi - forte Bregansonda uchrashdi. Muzokaralar Frantsiyaning Biarritse shahrida 24-26 avgust kunlari oʻtkaziladigan G7 sammitidan bir necha kun oldin oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular