04:29 02 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
89730

“Markaz-2019” harbiy oʻquvlarida Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston harbiy kontingenti qatnashadi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. 16-21 sentyabr kunlari “Markaz-2019” yirik masshtabdagi strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlari oʻtkaziladi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qilishicha, Qozogʻiston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston harbiy kontingenti qatnashadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sputnik Oʻzbekistonga maʼlum qilishicha, Putin ushbu davlat yetakchilaridan biri bilan mashgʻulotlarga tashrif buyurishi mumkin. Ular orasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bor.

“Buni istisno qilib boʻlmaydi”, - deb javob berdi Peskov.

“Markaz-2019” oʻquvlari Rossiyaning 8 ta poligonida va boshqa davlatlar hududlarida amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular