AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari O‘zbekistonga kelmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Vashington
Goroda mira. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Delegatsiya ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun keladi", - deyiladi xabarda.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Ertaga, 22-avgust kuni, Toshkentga QSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: O‘zbekiston terrorizm muammosiga qarshi birgalikda kurashga chorlaydi

"Delegatsiya ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun keladi", - deyiladi xabarda.

AQSh delegatsiyasining tashrifi dasturidan Samarqand shahrida bo‘lish ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov iyul oyida AQSh Davlat departamentida Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Xeyl bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.

O‘shanda Devid Xeyl Vashington O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi mustahkamlanayotgan sheriklik munosabatlari borasida alohida urg‘ulab, shunday konstruktiv ruhdagi munosabatlarni davom ettirishga, munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyorligini qayd etgandi.

Davlat departamenti vakili tez orada O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0