21:21 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
265 0 0

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH raketa sinoviga DRSMD shartnomasi oʻz kuchini yoʻqotishdan ancha oldin tayyorgarlik koʻrishganini qayd etdi

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Rossiya va Xitoy AQShning oʻrta radius harakatidagi raketalarni ishlab chiqarioʻ va joylashtirish haqidagi rejalaridan soʻng BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilishini chaqirdi. Uchrashuv payshanba kuni boʻlib oʻtadi, deb xabar qilgan RIA Novostiga xalqaro tashkilot qoshida Rossiyaning doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Dmitriy Polyanskiy.

Xabarda aytilishicha, Xavfsizlik kengashini chaqirish tashabbusi, Pentagon harakatlanish radiusi 1987 yilda imzolangan DRSMD shartnomasi talablarini buzadigan yangi gipertovushli raketani ishlab chiqargani haqidagi bayonotidan keyin ilgari surilgan. Oʻrta va yaqin masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish (DRSMD) shartnomasi 2 avgust kuni oʻz kuchini yoʻqotdi, u 500 kilometrdan 5500 kilometr masofaga uchuvchi raketalarga taqiq qoʻyar edi.

Ilgariroq AQSH mudofaa idorasi Kaliforniyadagi San-Nikolas poligonida raketa sinovi aks ettirilgan videoni eʼlon qildi. Amerika harbiylari soʻzlariga koʻra, sinov muvaffaqiyatli oʻtgan, raketa 500 kilometrdan ortiq masofaga uchgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH raketa sinoviga DRSMD shartnomasi oʻz kuchini yoʻqotishdan ancha oldin tayyorgarlik koʻrishganini qayd etdi.

Joriy yil boshida Vashington Rossiyani DRSMD shartnomasini uzoq vaqtdan buyon buzib kelganlikda ayblab, undan bir taraflama chiqishini eʼlon qilgan edi. Moskva AQShning barcha ayblovlarini inkor etib kelmoqda. Rossiya shartnomaning barcha talablarini toʻliq bajarib kelayotgani haqida koʻp bora takror-takror aytgan.

Iyul oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin DRSMD shartnomasini toʻxtatib turish borasidagi qonunni imzoladi.

Asosiy mavzular