AQSh Davlat departamenti Qozog‘istondagi yopiq uchrashuvda MO xavfsizligini muhokama qilmoqda

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yopiq formatdagi uchrashuvning ikkinchi sessiya - Afg‘onistondagi tinchlik masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi moderatorlik qiladi

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. AQSh Davlat departamenti Nur-Sultondagi yopiq uchrashuvda Markaziy Osiyo xavfsizligini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.

 SB OON  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Xitoy AQShning raketaga oid rejalaridan so‘ng BMT XK yig‘inini chaqirdi

"S5+1" formatidagi oliy darajadagi uchrashuv Nur-Sultonda boshlangan. Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh Davlat Departamenti o‘rinbosari ishtirok etmoqda. 

"Birinchi sessiyada biz iqtisodiy hamkorlik va sheriklikni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama etamiz, moderator - Amerika Qo‘shma Shtatlari. Ikkinchi sessiya - Afg‘onistondagi tinchlik masalalari muhokamasiga bag‘ishlanadi, moderator - O‘zbekiston Respublikasi. Uchinchi sessiya - Markaziy Osiyo xavfsizligi masalalari muhokamasiga bag‘ishlanadi, moderator - Tojikiston Respublikasi" , - deb aytgan Qozog‘iston tashqi mahkama rahbari Beybut Atamkulov.

Yig‘ilish yopiq formatda o‘tkazilmoqda, matbuot protokol syomkasi uchungina kiritilgan.

"S5+1" formati Markaziy Osiyodagi besh davlat va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiyot, ekologiya va xavfsizlik sohalarida ko‘pqirrali hamkorlik mexanizmini nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0