17:53 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Siyosat
Havola olish
19001

Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish va ushbu mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Xeylni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

AQSH diplomati Oʻzbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, prezident Donald Tramp va davlat kotibi Mayk Pompeoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Devid Xeyl AQSH Oʻzbekistonda davlat qurilishi va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni yuksak baholashini taʼkidladi.

Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish va ushbu mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Asosiy mavzular