07:03 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Flagi Kыrgыzstana i Uzbekistana

Kamilov va Qirgʻiziston TIV rahbari oʻzbek jangchisi bilan boʻlgan janjalni muhokama qildi

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respubliki
Siyosat
Havola olish
1324 0 0

Oʻzbekiston TIV Osh viloyati Qorasuv shahrida “qulatuv” jangi boʻyicha WEF PROFFIGHT turnirida sodir boʻlgan voqeaga yuzasidan internet makonida paydo boʻlgan videolavhalar va izohlarga eʼtibor qaratdi.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. 22 avgust kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

TIV xabariga koʻra, muloqotda ishning barcha jihatlarni birgalikda oʻrganish va mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalar ruhida vaziyatni hal qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

2019 yilning 18 avgust kuni Qirgʻizistonning Osh viloyati Qorasuv shahrida “qulatuv” jangi boʻyicha WEF PROFFIGHT turnirida koʻngilsiz voqea roʻy berdi. Oʻzbekistonlik sportchi Nursulton Roʻziboyev oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etdi va u yerda qirgʻizistonlik jangchiga magʻlub boʻldi. Jang yakunida sportchi hakam qirgʻizistonlik jangchiga yon bosdi deb hisoblab, Oʻzbekiston bayrogʻini koʻtarishga uringan. Ammo hakam bunga yoʻl qoʻymagan.

Shundan soʻng Roʻziboyev Instagram video joylashtirdi, unda u qirgʻizistonliklarga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni aytgan. Keyinchalik u videoni oʻchirib tashlagan. Hozirda unga nisbatan Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 313-moddasi (irqiy, etnik, milliy, diniy yoki mintaqalararo adovatni qoʻzgʻatish) boʻyicha dastlabki surishtiruv boshlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qirgʻizistonlik hakam Oʻzbekiston xalqiga murojaat qilib, uzr soʻragani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular