07:47 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvadagi Gʻalaba paradiga taklif qildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
74200

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston rahbariga Ulugʻ vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligini nishonlashda ishtirok etish uchun taklifnoma yoʻlladi.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ulugʻ vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan 2020 yil 9 mayda boʻlib oʻtadigan  Gʻalaba paradiga taklif qildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekistonga tadbirga tayyorgarlik koʻrish jarayoni bilan tanish boʻlgan Rossiya prezidenti administratsiyasidagi manba maʼlum qildi.

Sputnik agentligi suhbatdoshining soʻzlariga qaraganda, paradga MDH davlatlarining barcha yetakchilari hamda Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari taklif etilgan. 

Avvalroq Gʻalabaning 75 yilligiga Putin Frantsiya, Xitoy, AQSH, Shimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston yetakchilarini taklif qilgani maʼlum qilingan edi.

2015 yilda Rossiya poytaxtidagi Gʻalaba paradiga 23 ta davlat rahbari hamda BMT va YUNESKO rahbarlari tashrif buyurgan.

Asosiy mavzular