17:34 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Siyosat
Havola olish
164603

Dilmurod Rahmatullayev 2017 yilning kuzida Andijon shahridagi qator taʼlim muassasalarining rahbarlarini nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur boʻlgandi.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 26 avgust kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan.

Sessiyada tashkiliy masalalar koʻrib chiqilib, shu kunga qadar Andijon viloyati hokimligi Moliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Haydarov Bahromjon vaqtincha Andijon shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi. Hokim 2017 yilning kuzida Andijon shahridagi qator taʼlim muassasalarining rahbarlarini nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur boʻlgandi. Sud qarori bilan eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Shundan soʻng u 2018 yilning aprelida oʻtkazilgan videoselektorda shahar koʻchalarini obodonlashtirish uchun byudjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt koʻchatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun bosh vazir tomonidan hayfsan olgan hamda oxirgi marotaba ogohlantirilgan edi.

Asosiy mavzular