O‘zbekiston Qurilish vaziri tayinlandi

© Sputnik / Ilya PitalevMujchina s portfelem v rukax
Mujchina s portfelem v rukax  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qurilish vaziriligiga yangi rahbar nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziriligiga yangi rahbar nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Qurilish vaziri lavozimiga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodini ma’qulladilar. U bunga qadar vazirlikda vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.

Yangiliklar lentasi
0