15:56 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev

Mirziyoyev: Mustaqillik yoʻlidan hech qachon qaytmaymiz

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Siyosat
Havola olish
50810

Davlat rahbari "Oʻzbekiston" forumlar saroyida xalqni eng ulugʻ va aziz ayyom bilan muborakbod etdi

TOSHKENT, 31 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugun, 31 avgust Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston" anjumanlar saroyida xalqni Mustaqillik kuni bilan tantanali muborakbod etdi. Prezident bir nechta muhim jihatlarga eʼtibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida bundan yigirma sakkiz yil muqaddam, 1991 yil ayni shu kunda birinchi prezident Islom Karimov Oʻzbekistonni mustaqil davlat deb eʼlon qilganini, shundan bu sana erkin va farovon hayot qurish yoʻlidagi intilish va muvaffaqiyatlarga asos boʻlganini, eng aziz ayyomga aylanganini taʼkidladi.

"Bugun bir haqiqatni katta gʻurur va iftixor bilan aytishga toʻla asosimiz bor: mard va matonatli xalqimiz qanchalik qiyin va ogʻir sinovlarga duch kelmasin, oʻzining mustahkam irodasini namoyon etib, oʻzi tanlab olgan mustaqillik yoʻliga doimo sodiq boʻlib kelmoqda. Bugun Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qoʻymoqda", - dedi prezident.

Prezident Suriyadan qaytarilgan ayollar va bolalar mavzusini esga olib, Oʻzbekiston xalqi mana shunday onlarda oʻzining nimalarga qodirligini - olijanobligini namoyon etganini alohida qayd etdi hamda "ayollarimiz shu koʻyga tushmasligi uchun belni mahkam bogʻlab qattiq mehnat qilish" kerakligini qoʻshimcha qildi.

Mirziyoyev shuningdek, xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga koʻtarilga "birovga maqtanish uchun" emas, balki rahbarlar ongini oʻzgartirish uchun amalga oshirilgan siyosatligini, shu tufayli odamlarda adolat baribir gʻalaba qozonishiga ishonch paydo boʻlayotganini taʼkidladi.

"Xalqimiz "imkoniyat bor ekan-ku", "svetlar yonar ekan-ku", "ish oʻrinlari topilar ekan-ku", deb aytyapti. Shunday davom etaversak, bizning yurtimizdan poyezdga minib boshqa yurtga boradiganlar kamayadi. Bunday ishlarimizni hech qachon kamaytirmaymiz. Oʻz maqsadlarimizga albatta yetamiz – kelajagi buyuk Oʻzbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz! Mustaqillik va istiqlol yoʻlidan hech qachon qaytmaymiz! ", - dedi Mirziyoyev.

Prezidentning ushbu soʻzlarini tadbir ishtirokchilari davomli qarsaklar bilan qarshi oldilar.

Asosiy mavzular