16:18 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v respubliku Belarus

Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi bitim kuchga kirdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
76 0 0

Mazkur hujjat bojxona qonunchiligi buzilishini oldini olish, surishtirish va unga qarshi kurashishda oʻzaro yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. 2019 yilning 2 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim kuchga kirdi.  Bu haqda TIV xabar qildi.

Hujjat 2018 yil 13 sentyabr kuni Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi. 

Mazkur hujjat bojxona qonunchiligi buzilishini oldini olish, surishtirish va unga qarshi kurashishda oʻzaro yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi. Ushbu Bitim doirasida ikki mamlakat bojxona organlari ularning hududlarida amaldagi bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalanilgani yoki foydalanilishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki shubha mavjud boʻlgan shaxslar, tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida bir-birlariga maʼlumot taqdim etadilar.

Bitim ikki mamlakat bojxona organlari hamkorligini rivojlantirish va kengaytirish hamda bojxona huquqbuzarligini oldini olish sohasidagi hamkorlik boʻyicha shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlashga imkon beradi.

Asosiy mavzular