Qozog‘istonda davlat xizmatchilari soni 25 %ga qisqartiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Tokayev 2024-yilga kelib davlat xizmatchilari va milliy kompaniya ishchilari sonini 25 foizga qisqartirish bo‘yicha farmoyish berdi. Shuningdek, u ortgan pul nimaga sarflanishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Qozog‘istonda 2024-yilga kelib davlat xizmatchilari va milliy kompaniya ishchilari sonini 25 foizga qisqartiriladi. Bu haqda prezident Kasim-Jomart Tokayev ilk bor Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidentining suratlari onlayn-kazino reklamasida paydo bo‘ldi

“2020 yildan boshlab biz davlat xizmatchilari sonini sekin-asta qisqartirishga kirishamiz, ortgan mablag‘larni esa eng ko‘p foyda keltiradigan ishchilarni moddiy  rag‘batlantirishga yo‘naltiramiz. 2024-yilga kelib davlat xizmatchilari va milliy kompaniya ishchilari sonini 25 foizga qisqartirish lozim”, - deya Tokayev so‘zlaridan keltiradi Sputnik Qozog‘iston.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dariga Nazarbayeva  Qozog‘iston senatining raisi etib qayta saylangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0